35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala "Obod mahalla — farovon hayot poydevori!"
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ayol fuqarolar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
#_biriktirilgan_tashkilot #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati
янв.21
Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Deputat saylovchilar murojaatlarini tingladi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan narkologiya shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari – e’tiborda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

 Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida “Mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish, yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish hamda hudud va tarmoqlarda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini joylarda samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📁 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, tuman Kengashlari raislari va kotibiyat mudirlari hamda tuman nuroniy rahbarlari ishtirok etdi. Unda davlatimiz rahbarining joriy yil 16-iyul hamda 27-iyul kunlari o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilab berilgan vazifalarning poytaxt hududlaridagi ijrosi, mas’ul tashkilotlar oldida turgan ustuvor vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilishda, avvalo, mahallalarga yangi muhit olib kirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini aniq natijadorlik asosida tashkil etish, mahalla raislarining hududdagi iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini oshirish, aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirish hamda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌳Shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi, ariqlar va xiyobonlarni tartibga keltirish, hududlarda namunali muhit yaratish hamda bu jarayonlarga aholi va jamoatchilikni keng jalb etish zarurligi qayd etildi.

📈 Mahallalarning mavjud imkoniyatlari va “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, yuqori daromadli loyihalarni shakllantirish, tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash, har bir mahallada kamida uchta “lokomotiv” loyihani yo‘lga qo‘yish, ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va doimiy daromad manbalarini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

🏢 Shu bilan birga, poytaxtdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, texnikumlar, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfini tahlil qilish, energiya samaradorligi past obyektlarda tegishli choralarni belgilash, ko‘p qavatli uylarning isitish tizimlarini diagnostikadan o‘tkazish va ularni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔎 Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, debitor qarzdorlikni kamaytirish, noreal qarzdorliklarni xatlovdan o‘tkazish, avariyaviy uzilishlarni qisqartirish hamda aholi va tadbirkorlarning energiya ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan mutasaddilarning mas’uliyatini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

💬 Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari va tuman Kengashlari raislari tomonidan hududlarda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Mahallalarda olib borilayotgan ishlarni deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganib borish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish muhimligi qayd etildi.

🔺 Yig‘ilish yakunida Kengash raisi Rustamxon Kalanov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini mahalla va tumanlar kesimida tizimli tashkil etish, har bir vazifa bo‘yicha aniq natijadorlikka erishish, ijro intizomini kuchaytirish hamda deputatlar, tuman Kengashlari va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7