🤝 Mahallada xotin-qizlar va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov tomonidan saylov okrugiga qarashli "Qishloqbozor" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ular tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash hamda mahalladagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
🤝 Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅ Deputatlik faoliyati doirasida joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.