35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida
янв.21
Mahallani obod etish — barchamizning umumiy mas'uliyatimiz
янв.21
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Saylov okrugida obodonlashtirish targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Ijtimoiy himoya va Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Deputat tomonidan uyma-uy yurib fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
янв.21
Davlat-xususiy sherikchilik – taraqqiyot va investitsiyalar uchun muhim huquqiy asos.
янв.21
#_deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Qonunlar ijrosi va mahalla faoliyati deputat nazoratida.
Mahalla manfaatlari va fuqarolar murojaati e'tiborda

Aniqlanishicha, Mahtimquli va Furqat ko‘chalarining ayrim qismlarining boshqa mahallalar hududiga biriktirilishi mahalla faoliyatini tashkil etish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida qator amaliy muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Bu holat:
🔹 mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini tashkil etish;
🔹 "mahalla yettiligi" ishlarini muvofiqlashtirish;
🔹 fuqarolarni hisobga olish;
🔹 ijtimoiy yordam va davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
🔹 aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlariga bevosita ta'sir ko‘rsatmoqda.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda:
✅ mahalla chegaralarining qonuniy asoslarini o‘rganish;
✅ manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish;
✅ fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda amaliy takliflar ishlab chiqish;
✅ ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat deputatlik nazoratida bo‘lib, mahallalarda uchrayotgan muammolarni qonuniy asosda hal etish hamda aholining manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.