Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Qonunlar ijrosi va mahalla faoliyati deputat nazoratida.
янв.21
O‘tgan hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Haftalik ish rejani ijrosi #162_Qonun #Deputat_faoliyati Deputatlik nazorati amalda
янв.21
#_deputat_faoliyati Har bir fuqaro murojaati doimo e'tiborda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala “Sebzor” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala "QONUNLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA"
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Turmushobod” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq tashabbusi — deputat nazoratida: 24-maktabda "Tashabbusli budjet" orqali xarid qilingan jihozlar shaffofligi o‘rganildi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-son qarori, shuningdek, Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–334-VI va KQ–666-IV qarorlari ijrosi doirasida Termiz shahrida “Tashabbusli budjet” loyihalarining amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-28-8-121-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan ID-053470333009 raqamli loyiha asosida jadal ishlar olib borildi.

💬Mazkur loyiha doirasida xalq deputatlari Termiz Kengashining 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida xarid qilingan yangi o‘quv jihozlari, texnik vositalari bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

💬O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov, kotibiyat bosh mutaxassisilari R.Mamashukurov va A.Temirov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi S.Majidov ishtirok etdi.
Mas’ullar tomonidan maktabda xarid qilingan barcha jihozlar quyidagi mezonlar asosida sinchkovlik bilan tekshirildi:

🟢Texnik hujjatlar muvofiqligi: Xarid qilingan barcha jihozlarning texnik ko‘rsatkichlari loyiha shartlariga mosligi;

🟢Qonuniylik nazorati: Xarid (tender) jarayonlarining ochiq, shaffof va qonun doirasida amalga oshirilganligi;

🟢Amaliy foydalanish: Jihozlarning omborlarda turib qolmasdan, amalda maktab o‘quv xonalariga o‘rnatilgani;

🟢Moliyaviy intizom: Ajratilgan budjet mablag‘larining har bir tiyinining maqsadli va tejamkorlik bilan sarflanishi.

💬O‘rganish yakunlari asosida ishchi guruh va ekspertlar tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar hamda doimiy komissiya xulosalari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladi va deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinadi.

🫥Sessiya davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda “Tashabbusli budjet” loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga qaratilgan qat’iy qarorlar qabul qilinadi.

Slide 1 of 7