Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Qonunlar ijrosi va mahalla faoliyati deputat nazoratida.
янв.21
O‘tgan hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Haftalik ish rejani ijrosi #162_Qonun #Deputat_faoliyati Deputatlik nazorati amalda
янв.21
#_deputat_faoliyati Har bir fuqaro murojaati doimo e'tiborda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala “Sebzor” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala "QONUNLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA"
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Turmushobod” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Mahallada ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasida ko‘cha aylanish va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat mahalla aholisi bilan uchrashib, hududdagi mavjud infratuzilma holati hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv chog‘ida Saxovat ko‘chasi aholisi tomonidan ko‘chani zamonaviy tungi yoritish tizimlari bilan jihozlash masalasi ko‘tarildi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ko‘cha yoritilishining yetarli emasligi tungi vaqtda harakat xavfsizligi va aholi uchun noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Deputat tomonidan mazkur murojaat joyida o‘rganilib, muammoni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3