35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Biriktirilgan tashkilot faoliyati hamda qonun ijrosi - deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Obod mahalla — farovon hayot garovi!
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Turmushobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Bolalar salomatligi va sogʻlom ovqatlanishi — deputatlar nazoratida
янв.21
#_162_ta_qonun “MAHALLA YETTILIGI — KENGASH — SENAT”: HAMKORLIKDA NATIJADORLIK SARI
янв.21
#_162_ta_qonun Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla obodligi - deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Fuqarolar murojaatlari manzilli o‘rganilib, deputatlik nazorati o‘rnatildi
Davlat xizmatlar markazida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYo bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining amaldagi talablar asosida tashkil etilganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarni qabul qilish tartibi, elektron navbat tizimining ishlashi, xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, kutish vaqtlari, xodimlarning murojaatchilar bilan muomala madaniyati, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar uchun yaratilgan qulayliklar alohida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayonlari, interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari faoliyati, axborot stendlarining dolzarbligi va aholi uchun tushunarli tarzda joylashtirilganligi ham tahlil qilindi.

Slide 1 of 6