35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
#_deputat_faoliyati Biriktirilgan tashkilot faoliyati – deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Mahallada nogironlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda Qonun ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
#_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Yangihayot mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
#_162_ta_qonun Huquqiy_axborot_soati
O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni

Mazkur Qonun 2024-yil 30-sentabr kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, shu kuni Senat tomonidan ma’qullangan.

Qonunning asosiy maqsadi — mamlakatimizda kreativ iqtisodiyot sohasini rivojlantirish, ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish hamda intellektual salohiyatni iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylantirishdan iborat.

Qonun bilan:
♾ kreativ iqtisodiyotning huquqiy asoslari belgilandi;
♾ kreativ industriya subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mustahkamlandi;
♾ ijodkorlar va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi;
♾ innovatsion loyihalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishning huquqiy asoslari takomillashtirildi.

Mazkur Qonun kreativ sohalarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, milliy madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.