Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
#tavsiyalar_asosida_jinoyatchilik
#tavsiyalar_asosida_jinoyatchilik

Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Arabxona MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jarayon davomida mahallada xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “ijtimoiy profilaktika” tizimini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar natijasida hududda olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar ijobiy samara berayotgani, fuqarolar bilan muloqot tizimi faollashgani qayd etildi.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, profilaktik ishlarni rejalashtirish va ijrosini monitoring qilishda yagona tizimlilikni yanada kuchaytirish, ayrim holatlarda fuqarolar murojaatlariga tezkor javob berish mexanizmlarini takomillashtirish hamda yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, ma’lumot almashinuvi va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, PQ-1 qarori ijrosini sifatli ta’minlash hamda mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3