Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi majlisi bolib o'tdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2024-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlar uchun qabul qilingan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur dasturning “Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti – kuchli ijtimoiy siyosatning asosidir” deb nomlangan VI bobi hamda “Iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini saqlab qolish, kambag‘allikni qisqartirish, soliq qonunchiligini takomillashtirish va bank-kredit sohasini rivojlantirish”ga oid 11-qadamda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, tuman soliq inspeksiyasi rahbarining “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan mablag‘lar, shuningdek, ular bo‘yicha mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risida”gi 2026-yil I chorak yakuni bo‘yicha hisoboti atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida mahalliy budjet daromadlarining ijrosi, qo‘shimcha tushum manbalarini aniqlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, soliq tushumlari samaradorligi, budjetga to‘lov intizomi hamda soliq qarzdorligini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun belgilangan tartibda Kengash Kotibiyati orqali Kengash muhokamasiga olib chiqish yuzasidan tavsiya berildi.

Slide 1 of 4