Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar qabuli o'tkazildi

 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Sattarova
Dinara Jumanazarovna tomonidan Gulzor mahallasi binosida sayyor qabul tashkil etildi.
 

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar mahalla “yettiligi”, ijro organlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholini qiynab kelayotgan qator masalalar joyida ijobiy hal etildi. 

Shuningdek, yechimi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaat yuzasidan deputat fuqaro xonadoniga borib, uning ijtimoiy ahvoli bilan yaqindan tanishdi. Murojaatni qonuniy asosda hal etish maqsadida
tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.
 

Mazkur sayyor qabul aholining muammolarini tizimli hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda xalq manfaatlarini
ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlardan biri bo‘ldi.
  

Slide 1 of 1