Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

GULCHILIKKA AJRATILGAN MABLAG‘ QANDAY SARFLANMOQDA?

Tuman Kengashi deputatlari aynan shu savolga javob izlab tuman obodonlashtirish boshqarmasida bo‘lishdi.

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev, kotibiyat mudiri, O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenovlar tomonidan hududlarni obodonlashtirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan gul yetishtirish ishlari o‘rganilib, tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ekilayotgan gullarning sifati va parvarish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 4