Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hududda o‘quvchilar xavfsizligi va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi

Hududda o‘quvchilar xavfsizligi va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Tuman hokimi Sh. Qalandarov bilan birgalikda hududga chiqilib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

So‘rovda maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla hududida yangi qurilgan ko‘prikning holati bilan tanishilib, uning foydalanishga tayyorligi o‘rganildi. Hududdan o‘tuvchi ichki yo‘llarni ta’mirlash, yaxshilash hamda bosqichma-bosqich ochish ishlari yuzasidan mas’ullar bilan kelishib olindi.

O‘rganish yakunida aholi uchun xavfsiz va qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 4