Bandixonda yangi ish o‘rinlari va tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanmoqda
✅Bugun Bandixon tumani "Birdamlik" MFY hududida yangi tashkil etilgan tikuvchilik sexiga Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tashrif buyurishdi.
✅Tashrif davomida mutasaddilar sexning faoliyati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanishdilar.
✅"Bu kabi kichik ishlab chiqarish tarmoqlarining mahalla ichida tashkil etilishi nafaqat xotin-qizlar bandligini ta’minlash, balki hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega," — deb ta’kidladi A.Pardayev.
✅Uchrashuv yakunida tadbirkorning kelgusidagi rejalari tinglanib, faoliyatni yanada kengaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.