Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Surxon sohili" mahallasida jamoat xavfsizligi va yoshlar masalalari tahlil qilindi

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” hamda "mahalla yettiligi" tizimining natijadorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

💬 E’tibor markazidagi yo‘nalishlar:

🔅Profilaktika inspektori faoliyati:

Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, "Xavfsiz mahalla" tamoyili asosida jamoat tartibini saqlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash va "xonadonbay" o‘rganishlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.

🔅Yoshlar yetakchisi faoliyati:

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi amaliy natijalar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

💬Deputat B.Raxmatullayev o‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berib, aholi tinchligini ta’minlash va yoshlar intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda "mahalla yettiligi"ning hamjihatligi muhim ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 2