Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida xonadonbay o’rganish tashkil etildi.

13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M. Rajabova tashabbusi bilan aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida xonadonbay o’rganish ishlari keng qamrovda tashkil etildi.

Ushbu o’rganishlar davomida deputat, mahalla fuqarolar yig’ini faollari, tibbiyot birlashmasi mutaxassislari hamda tegishli sohalar vakillari ishtirokida har bir xonadonga kirib borildi. Fuqarolarning umumiy salomatlik holati, mavjud surunkali kasalliklari, davolanish jarayonlari, dori-darmonlar bilan ta’minlanish darajasi atroflicha o’rganildi. Shuningdek, onalar va bolalar salomatligi, profilaktik ko’riklardan o’tish holati ham alohida nazoratga olindi.

Ayniqsa, yolg’iz keksa fuqarolar, nogironligi bo’lgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda doimiy tibbiy nazorat talab etuvchi bemorlarga alohida e’tibor qaratildi. Ularning muammolari tinglanib, zarur holatlarda shifokorlar tomonidan joyida tibbiy ko’riklar o’tkazildi, dastlabki tavsiyalar berildi va zarur muolajalarga yo’naltirildi.

O’rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, ayrim fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o’tkazish, ularni ixtisoslashgan shifoxonalarga yo’naltirish, dori-darmon ta’minotini yaxshilash, tibbiy xizmat ko’rsatishdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlari ham faol olib borildi. Fuqarolarga tibbiy madaniyatni oshirish, o’z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi tushuntirildi.

Mazkur xonadonbay o’rganish ishlari aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, joylardagi muammolarni aniqlab, ularni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deputat tomonidan ushbu yo’nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olingan bo’lib, kelgusida ham bu kabi amaliy tadbirlar izchil davom ettirilishi belgilandi. 

Slide 1 of 1