Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
#_nazorat_tahlil_tadbiri_o'tkazildi Deputat tomonidan tashkilotda nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Mahalla xodimlari faoliyati va qonunlar ijrosi deputat nazoratida
янв.21
#162_ta_qonun
янв.21
Vatan himoyachilari bilan deputat muloqoti
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishing
янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Deputat_faoliyati #96_ta_Qonunlar_targ'iboti
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Afrosiyob mahallasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Deputat S.Keldibekova tomonidan "Adirobod" mahallasidagi S.Zunnunova ko‘chasining 200 metr hamda Yangihayot ko‘chasining 100 metr qismi shag‘allashtirilmaganligi sababli yog'ingarchilik paytida yuzaga kelayotgan noqulayliklar yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy so'rov kiritilgan edi.

Ko'rilgan choralar va natija:

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining rasmiy javobiga ko'ra, mazkur ko'chalardagi holat to'liq o'rganib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 665-sonli qaroriga muvofiq:

S.Zunnunova va Yangihayot ko‘chalari boshqarma tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilgi Manzilli ro‘yxatga kiritildi.

Dastur doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ushbu ko‘chalarda shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur yo'llarni ta'mirlash va aholiga qulaylik yaratish masalasi deputat nazoratiga olingan.