Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
#_nazorat_tahlil_tadbiri_o'tkazildi Deputat tomonidan tashkilotda nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Mahalla xodimlari faoliyati va qonunlar ijrosi deputat nazoratida
янв.21
#162_ta_qonun
янв.21
Vatan himoyachilari bilan deputat muloqoti
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishing
янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Deputat_faoliyati #96_ta_Qonunlar_targ'iboti
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Afrosiyob mahallasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi
Tinchlik shukuhi va shukronalik tuyg‘usi Romitanda! Romitan tumani Qoshiqtuvon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimligi, 4-Tarnaut saylov okrugi deputati, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, Mahallalar uyushmasi, Nuroniylar jamgʻarmasi, Madaniyat boʻlimi hamda keng jamoatchilik ishtirokida qalblarga iliqlik ulashuvchi “Shukronalik” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Romitan tumani Qoshiqtuvon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimligi, 4-Tarnaut saylov okrugi deputati, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, Mahallalar uyushmasi, Nuroniylar jamgʻarmasi, Madaniyat boʻlimi hamda keng jamoatchilik ishtirokida qalblarga iliqlik ulashuvchi “Shukronalik” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Dunyoda turli xavotir va notinchliklar kezib yurgan bir vaqtda, O‘zbekistonimizdagi osuda hayotning qadri naqadar baland ekanligi tadbirning bosh mavzusiga aylandi.

 

Zero, bugun butun dunyo havas bilan termulayotgan yurtimizdagi bu osoyishtalik — hamjihatligimiz va har bir yurtdoshimizning shukronalik tuyg‘usi samarasidir.

 

Muloqotlar davomida har bir otilayotgan tongni shukrona bilan qarshilash, yurt tinchligini ko‘z qorachig‘idek asrash va unga dahldorlik hissi bilan yashash eng oliy insoniy fazilat ekanligi alohida ta’kidlandi.

 

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ahilligimiz bardavom bo‘lsin!
 

Slide 1 of 1