Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat o‘z okrugidagi “Qumqo‘rg‘on kommunal servis BSK” MChJ boshqaruv kompaniyasi faoliyatini o‘rgandi.

“Qumqo‘rg‘on kommunal servis BSK” MChJ boshqaruv kompaniyasi "Yangishahar" mahallasidagi 31 ta ko‘p qavatli uylardagi 584 ta xonadonlarga xizmat ko‘rsatadi. 

 Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 2026-yil 25-fevraldagi o‘n oltinchi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘p kvartirali uylar tutash hududlarini obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-16-12-8-114-K/26-sonli qarori bajariladigan ishlar bilna tanishdi. "Yangishahar" mahallasi O‘zbekiston shox ko‘chasi 5-uyning orqa tomonidan yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan "Aqlli chiqindixona" kuzatuv kameralari bilan jixozlan bo‘lib, fuqarolar chiqindilarni olib kelib tashlab ketmasdan balki, belgilangan chiqindi solish uchun mo‘ljallangan kontenerlarga tashlash jarayonlarni kamera nazoratida kuzatilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, xozirgi vaqtda "Aqlli chiqindixona" elektr energiyasi ta’minotidan uzilganligi boisi kuzatuv kameralari ishlamayotganligi aniqlandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartarf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 6