Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

     Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nasiba Xamdamova "Terakzor" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yettilik faoliyati bilan tanishdi.

     “Terakzor” mahalla faollari bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Yettilikning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq rejalar tuzildi. Qaysi masala qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi. 

     Xususan, yoshlar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbus va loyihalar yuzasidan batafsil fikr almashildi hamda fuqarolar murojaatlari manzilli tahlil etildi. 

Slide 1 of 3