Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.
янв.21
#_Deputat_faoliyati Ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
#_Deputat_faoliyati Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati Sariosiyo tumani “Niholzor” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa
янв.21
#_Deputat_faoliyati Nuroniylar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati "Niholzor" mahallasining hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
HOKIM VA DEPUTAT
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida

 Mahalla faollari bilan
uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
 

  

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputati Bumayram Sobirova
tomonidan belgilangan reja-jadval asosida Yambaroq MFY hududida mahalla “yettiligi”
a’zolari bilan ochiq va samarali uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalladagi
mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
 

🔷 Suhbat jarayonida mahalla faollari
tomonidan elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida Dovon ko‘chasiga 1 dona
transformator punkti (TP) o‘rnatish, shuningdek mahalla guzariga tutash hududda
joylashgan ko‘prik yonida 15 metr piyodalar yo‘lakchasi qurish zarurligi ta’kidlandi.
 

🔷 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan
tegishli idora va tashkilotlar mas’ullariga aniq vazifalar belgilab berildi. Barcha
murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash va muammolarga
amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda kuzatib borilishi qayd etildi.
 

Bunday uchrashuvlar aholi bilan
ochiq muloqotni kuchaytirish, hududlardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash
va ularni bosqichma-bosqich hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 

  

Telegram | Facebook | YouTube  

Slide 1 of 2