Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq Kengashi deputati L.Djamolova “Sarbozor” mahallasida joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, tibbiyot xodimlari, hamshiralar hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#Deputat_faoliyati

“Deputat ishtirokida tibbiy xizmat sifati muhokamasi”

Xalq deputatlari Payariq Kengashi deputati L.Djamolova “Sarbozor” mahallasida joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, tibbiyot xodimlari, hamshiralar hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Suhbat jarayonida yosh bolalar salomatligini asrash, ularni muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, to‘g‘ri ovqatlanish va profilaktika tadbirlarining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shifokorlar tomonidan poliklinikada yaratilgan sharoitlar, zamonaviy davolash usullari va aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat turlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Deputat o‘z so‘zida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish muhim vazifa ekanini ta’kidladi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 3