Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijro hokimiyati va mahalliy Kengash deputatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik
янв.21
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish deputat nazoratida
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori va bozorga tutash hududlarini tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar-bizning kelajagimiz
янв.21
Sariosiyo tumani FV boʻlimi yongʻin-qutqaruv qismining yangi binosini foydalanishga topshirilidi.
янв.21
Mahalla yettiligiga kunlik topshiriq va vazifalar belgilab berildi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda
янв.21
#census_2026
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish ishlar o‘rganildi
Sessiya

Xo‘jayli tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tumanlik Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Xalq deputatlari tumanlik Kengashi raisi I.Kochkarov boshqarib bordi, unda tuman hokimi J.Ermashev, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab davlat madhiyalari yangradi. Kun tartibida 3 ta masala atroflicha qizg‘in muhokama qilinib, ma’ruzachilarning hisobotlari diqqat bilan tinglandi. Muhtaram Prezidentimizning alohida e’tiboriga ko‘ra, mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni takomillashtirish yilida tuman hududidagi 3 ta mahallani Yangi O‘zbekiston toifasiga o‘zgartirish, 7 ta og‘ir mahallani obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan muhim loyihalar, shuningdek, chora-tadbirlar dasturlari taqdim etildi. Barcha masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Sessiya yakuni bo‘yicha deputatlarimiz ma’qullashi bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1