Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri — eng oliy tamoyil!
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Obodonlashtirish va infratuzilmani yangilash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari deputat nazoratida
янв.21
Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
DASTURLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA
янв.21
Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati manzilli tahlili etildi.
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim”
DEPUTATLAR “SAMARKAND MARATHON-2025”DA YUGURISH YO‘LAGIDA

DEPUTATLAR “SAMARKAND MARATHON-2025”DA YUGURISH YO‘LAGIDA

“Samarkand Marathon-2025” ¬– an’anaviy xalqaro xayriya marafoni o‘zining shiddatli va ruhlantiruvchi bellashuvlari bilan yakunlandi. Bu yil ham yurtimiz va 40 dan ortiq davlatdan kelgan 8 mingdan ziyod sport ixlosmandlari 5, 10, 21,1 va 42,2 kilometr masofalarda kuch sinashdi.

Musobaqaning 5 kilometrlik poygasida jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Mavlon Boboxonov ham ishtirok etdi. 

Marafonda turli yosh toifalari va imkoniyati cheklangan fuqarolar ham faol qatnashib, jamoatda tenglik va birdamlik g‘oyalarini namoyon etdilar.

G‘oliblar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Samarqand ko‘chalarida bayramona kayfiyat hukm surdi. Sport, do‘stlik va ezgulik ruhi butun shaharni qamrab oldi.

"B" yo'nalishida ishtirok etgan M.Boboxonov marraga birinchilar qatori yetib kelib, bronza medali va esdalik sovg'a bilan taqdirlandi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 6