Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Murojaat_natijasi#Yettilik_bilan_hamkorlik

✍️Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev "Tinchlik" mahallasi fuqarolari bilan uchrashganda "Alpomish-1" ko'chasi 1-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro “Tinchlik” MFY “Alpomish-1” ko‘chasi bilan “To‘maris” ko‘chasining ulanish joyida joylashgan ichimlik suvi qudug‘i ichida joylashgan suv quvuri yorilgan va yorilish natijasida “To‘maris” ko‘chasidagi asfalt yo‘l hamda “Alpomish-1” ko‘chasi 1-xonadonda yerni cho‘kishi, devorlarni zahlashi holatlari kuzatilayotganligi va mazkur muammoni hal etishda yordam so'rab deputatga murojaat qilgan.

✅Deputat mazkur murojaat ijrosi yuzasidan "Toshkent suv ta'minoti" Olmaliq filiali rahbari Sh.Rasulovga deputatlik murojaati bilan chiqdi va mas'ullar tomonidan muammo joyiga chiqib o'rganilib tezkor choralar ko'rildi va muammo bartaraf etildi.

Slide 1 of 4