Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri — eng oliy tamoyil!
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Obodonlashtirish va infratuzilmani yangilash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari deputat nazoratida
янв.21
Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
DASTURLAR IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA
янв.21
Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati manzilli tahlili etildi.
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim”
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA

 Oltinsoy tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tashabbusi bilan Oltinsoy tuman hududidagi 25-sonli umumta’lim maktabi va 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarga o‘rganish ishlari olib borildi. 

Mazkur o‘rganish jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarining sovuq mavsumga tayyorlik darajasini baholash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iboratdir. 

Deputat ishtirokida o‘tkazilgan monitoring davomida quyidagi jihatlar chuqur o‘rganildi: 

· maktab va bog‘cha binolaridagi isitish tizimlarining holati va ularning to‘liq ishga tayyorligi; 

· ko‘mir zaxiralarining mavjudligi hamda sifat darajasi; 

· eshik va oynalarning mahkamligi, issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar; 

· ichimlik suvi, elektr energiyasi va issiqlik ta’minotining uzluksizligi. 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ayrim ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari jadallashtirilishi lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. 

Mazkur jarayon davomida xalq deputatlari tomonidan o‘quv maskanlarining rahbarlari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari bilan ham muloqot o‘tkazilib, mavsumiy tayyorgarlikning har bir bosqichi doimiy deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 8