#Kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #KQ_35_ijrosi
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B. Bo‘tayevaning saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Jumladan, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollar bilan ishlash hamda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli va mahalliy Kengash deputati o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish hamda qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram