Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
QISHGA TAYYORGARLIK — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Elektr tarmoqlari korxonasining kuz-qish mavsumiga shayligi tahlil qilindi

Bandixon tumanida yoqilg‘i-energetika sohasini bo‘lajak kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va mavjud infratuzilmani soz holatga keltirish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev tuman Elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Monitoring jarayonida elektr tarmoqlari va transformator punktlarini joriy hamda kapital ta’mirlash reja-topshiriqlarining amaldagi ijrosi, korxonada yaratilgan avariyaviy moddiy-texnik zaxiralar, tezkor avariya-tiklash brigadalarining mavsumga shaylik holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil etildi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr energiyasi ta’minotidagi yuklamalarni me’yorlashtirish va qish mavsumini uzluksiz ta’minot bilan o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1