Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov Yoshlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
📌 O‘rganish davomida aholining bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
🔎 Shuningdek, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💬 Maqsad — aholining daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va oilalarning farovonligini oshirishga ko‘maklashish.