Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
QISHGA TAYYORGARLIK — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Uzun tumanida yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni yot g'oyalar va asrimiz vabosi bo'lgan

🇺🇿Uzun tumanida yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni yot g'oyalar va asrimiz vabosi bo'lgan giyohvandlik illatidan asrashga qaratilgan "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" ko'rik-tanlovi yuqori saviyada o'tkazildi.

Mazkur muhim tadbirda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova ishtirok etib, yoshlar bilan yaqindan muloqot qildi.

Tanlov davomida so'z olgan Dilorom Safarova bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste'dod va salohiyatini ro'yobga chiqarish hamda zararli odatlardan yiroq bo'lishlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, har bir o'g'il-qiz Vatanimiz ravnaqi uchun sog'lom va barkamol avlod bo'lib ulg'ayishi zarurligini qayd etib, faol ishtirokchilarga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Tadbir davomida yoshlar o'zlarining sahna ko'rinishlari, bellashuvlar hamda ijodiy chiqishlari orqali giyohvandlikning achchiq oqibatlarini ochib berib, sog'lom turmush tarzini targ'ib etishdi.