Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan
masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, takliflarini o‘rtaga tashladilar. Bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, muammolarni hal etish
yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash muhimligi ta’kidlandi. Yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — kelajakka qo‘yilgan muhim qadamdir.