Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA YANGI TASHABBUSLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Kotib

Bolalar sport majmuasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Botir Nurmatov tomonidan “Yuzrabot” mahallasi hududida bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, jismoniy sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida sport majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport zallarining holati, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan qulayliklar, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda bolalarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sport majmuasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bolalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yosh avlodni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Slide 1 of 5