Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA YANGI TASHABBUSLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
🏗O‘zLiDeP DEPUTATLARI AMUDARYODA YANGI BOZOR QURILISHI JARYONI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston LiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Madamin Kazakov va Yaxshimurat Axmedov, Ekologik partiya tuman Kengashi raisi M.Sa’dullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Bobur Allaberganov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida amaliy o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Deputatlar 1-Navoiy saylov okrugi hududida yangidan barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli bozor qurilishi va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

🏗 Yangi va zamonaviy savdo majmualari – tuman rivoji xizmatida: Amudaryo tumani “Navoiy” MFY, Buyuk To‘ron ko‘chasida joylashgan 1,7 gektar maydonga ega ma’nan eskirgan “Mang‘it dehqon bozori”ni “Chordara” MFY hududidagi 9 gektar keng yer maydoniga ko‘chirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu yerda tuman aholisi hamda mehmonga keluvchilar uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy ko‘p tarmoqli savdo markazi barpo etilmoqda.

📌 Ayni payotda bajarilayotgan ishlar:
Aholi va tadbirkorlar uchun zamonaviy va shinam do‘konlar qurilishi jadal olib borilmoqda;
Hududni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash;
Oqova suvlarni oqizish uchun lotoklar va irrigatsiya tarmoqlarini tortish;
Hududda obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish.

🔍 Jamoatchilik nazorati – ustuvor vazifa: O‘rganish davomida deputatlar qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi. Deputatlik nazorati ushbu obyekt to‘liq foydalanishga topshirilgunga qadar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5