Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA YANGI TASHABBUSLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
3-MASALA BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Havotog‘ QFYda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlarini bayon etdilar. Deputat tomonidan murojaatlarni diqqat bilan tinglash, ularning mazmunini atroflicha o‘rganish hamda har bir masalaga qonuniylik va amaliy yechim nuqtayi nazaridan yondashishga e’tibor qaratildi.

Qabul jarayonida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, vakolat doirasida hal etish choralarini belgilash hamda qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlarni nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.

Maqsad — fuqarolar murojaatlarining e’tiborsiz qolmasligini ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash va mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topishga ko‘maklashish.

Deputat V. Xasanov fuqarolar bilan muloqotlarni izchil davom ettirish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar ijrosini kuzatib borish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

Slide 1 of 2