Balxiyon mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan Balxiyon MFYda fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholi vakillarining murojaatlari va takliflari tinglandi.
🚰 Uchrashuv davomida “Zuxro Yulduz” ko‘chasida yashovchi aholi vakillari tomonidan doimiy ravishda ko‘tarib kelinayotgan ichimlik suvi muammosi yana bir bor o‘rtaga tashlandi.
💬 Fuqarolar ichimlik suvi ta’minotidagi mavjud muammo, uning kundalik hayotiga ta’siri va muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
🔎 Deputat tomonidan murojaat joyida o‘rganilib, masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda muammoni amaliy hal etish bo‘yicha zarur choralarni belgilash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
🤝 Aholi murojaatlari — deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida.