Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova tomonidan tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Sh. Rashidov mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Murojaatchilar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.
📝 Aniqlangan muammolar va takliflar qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni manzilli hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️