#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati #24_ta_muhim_masala
#deputat_yon_daftari
AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov haftalik ish rejasiga muvofiq Oqbuloq mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlari bilan ishladi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni hal etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Aholi murojaatlari — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi!