Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DEPUTATLAR - SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.
янв.21
SARDOBA TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SESSIYA OLDIDAN O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
SARDОBA TUMANIDA DEPUTATLAR KO‘TARGAN MUAMMOLARNING IJROSI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
Birlashgan mahallasida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
SARDОBA TUMANIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH VA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI.
янв.21
“DEPUTAT - SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
“DEPUTAT - SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI”.
янв.21
DEPUTAT - SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI”
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Saidova Shukrona To‘xtayevna tomonidan “Nafosat” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xusnulina Rimma Sobitovnaning yashash sharoiti avval o‘rganilgan edi.
O‘rganish davomida II guruh nogironi bo‘lgan fuqaro qizi — yolg‘iz ona va ikki nafar voyaga yetmagan nabirasi bilan bir xonali umumiy yotoqxonada yashayotgani, xonadon ta’mirtalab ahvolda ekani hamda zarur maishiy sharoitlar yetarli emasligi aniqlangan edi.
🤝 Deputat tashabbusi bilan xonadonda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada oilaning yashash sharoitini yaxshilash, ularga qulayroq muhit yaratish yo‘lida amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅ Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik va aniqlangan masalalar yechimi bo‘yicha amaliy tashabbus ko‘rsatishdir.
Deputat — xalq vakili, uning tashabbusi esa insonlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga xizmat qiladi!

Slide 1 of 7