SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 28-«Chimboy» saylov okrugi deputati Ma’rufjon Mirzamaxmudov ishtirokida Chimboy mahalla hududidagi Katta-tut berk ko‘chasida joylashgan bolalar futbol maydonchasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🔎 O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Unda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova va "Chimboy" MFY yoshlar yetkachisi J.Xasanov ishtirok etdi.
💡O‘rganish davomida sport inshootining mavjud holati, sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, anjomlarning saqlanishi hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
⚽️ Asosiy maqsad — bolalar va yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sport infratuzilmasi holatini o‘rganish hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan masalalarni aniqlashdan iborat.