Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

#deputat_faoliyati
#24_ta_muhim_masala

🤝 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Paxtakor tumanidagi 14-son musiqa maktabida Oqbuloq, Do‘stlik, Oltinko‘l va G‘alaba mahallalari tadbirkorlari hamda biznes boshlash istagidagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati N.Sulaymonov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B. Nurmuradov, Respublika ishchi guruhi a’zosi Sh. Maksudov va Adliya bo‘limi mas’ullari, ekspert hamda yoshlar maslahat guruhi a'zolari ishtirok etdi.

💬 Muloqotda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

🏆 Shuningdek, faol tadbirkorlar rag‘batlantirildi.

Slide 1 of 9