Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟣 AYOLLAR DAFTARI: AJRATILGAN MABLAG‘LARDAN MAQSADLI FOYDALANISH NAZORATDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Qumyob mahallasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratilgan moliyaviy ko‘makning maqsadli va samarali sarflanish holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadga muvofiq ishlatilayotgani;
🔹 xotin-qizlarning mavjud ehtiyojlari va muammolari;
🔹 ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘makning amaliy samarasi tahlil qilindi.
📌 ASOSIY MAQSAD:
“Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larining manzilli, shaffof va samarali sarflanishini ta’minlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish.