#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🇺🇿 “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Sherobod tumani o‘quv-sport texnika klubi faoliyati bilan tanishdilar.
🔹 Tashrif davomida klubda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🤝 Shuningdek, deputat va tashkilot rahbari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud masalalarni birgalikda hal etish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
🇺🇿 Yoshlar tarbiyasi, vatanparvarlik va hamkorlik — kelajak poydevori!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube