Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi

Toshkent shahar Olmazor tumani 242-sonli maktabining sport zali holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-392-son “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o’rganish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengash deputati F.Akramova, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash deputati U.Fayziyeva Olmazor tumani 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi sport zalining holati bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 O‘rganish davomida sport zalining holati hamda moddiy-texnik holati, mavjud sport jihozlari va anjomlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, sport mashg‘ulotlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.


⚽️ O‘quvchilarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda maktab sport zallarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3