Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA YANGI TASHABBUSLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
3-MASALA BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI
DAVLAT TIBBIY SUG‘URTASI VA DORI-DARMON TA’MINOTI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #162_ta_eng_muhim_qonun

DAVLAT TIBBIY SUG‘URTASI VA DORI-DARMON TA’MINOTI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🤔 Aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash hamda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini samarali joriy etish muhim vazifalardan biridir.

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ–311-son “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori-darmon vositalarini belgilangan tartibda yetkazib berish masalalari o‘rganilmoqda.

💼 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida tuman markaziy tibbiyot birlashmasiga qarashli 30-sonli oilaviy poliklinikada xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zosi Alisher G‘iyosov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borildi.

📊 O‘rganish davomida dasturda belgilangan dori-darmon vositalarining fuqarolarga elektron retsept asosida berilishi, ushbu jarayonning belgilangan tartibda tashkil etilgani hamda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari nazoratdan o‘tkazildi.

📇 Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning tibbiy yordamdan foydalanishi, davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarining amaliyotga joriy etilishi va aholiga ushbu tizimning imkoniyatlarini tushuntirish masalalariga e’tibor qaratildi.

📈 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, dori-darmon ta’minoti, tibbiy xizmat sifati, ijtimoiy himoya va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bilan bog‘liq masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3