Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Y. tomonidan tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika ishlarini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 22-sentabrdagi III-25-75-14-206-K/26-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda jamoat tartibini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🤝 Deputat tomonidan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, oilalar osoyishtaligini ta’minlash va aholi xavfsizligini mustahkamlash yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
📊Xususan, mahallalarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
✍️O‘rganish yakunida jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.