Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I.Ashrapova tomonidan “Billur”mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.
🤝Muloqot davomida mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan xotin-qizlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
📚Qonunchilik asosida: O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori doirasida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Xususan, ishsiz xotin-qizlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda zarur hollarda subsidiya va imtiyozli kreditlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
✍️Suhbat davomida xotin-qizlarning murojaatlari, ish bilan ta’minlanish bo‘yicha ehtiyojlari hamda daromad manbalarini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
📌Yakunda deputat I.Ashrapova xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va oilalar farovonligini oshirish yo‘nalishidagi ishlarni doimiy o‘rganish hamda deputatlik nazorati asosida hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.