35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT 7-SONLI MAKTABDA OTA-ONALAR BILAN UCHRASHDI

#Deputat_faoliyati
#Deputat_nazorati

DEPUTAT 7-SONLI MAKTABDA OTA-ONALAR BILAN UCHRASHDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev 7-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, maktabdagi davomat holati, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ota-onalarning farzandlari tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, maktab va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘quvchilarning bilim olishiga zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida ota-onalarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 1