Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA YANGI TASHABBUSLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
3-MASALA BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADINI OSHIRISH — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati S. Xojiyev tomonidan Sovot QFYda hokim yordamchisi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni bandlikka jalb etish, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali barqaror daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va boshqa moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali tadbirkorlikni kengaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining mahalla yettiligi bilan hamkorligi, xonadonlar kesimida muammolarni aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan manzilli yondashuviga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni bandlik bilan ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2