Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA YANGI TASHABBUSLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA MAKTAB FAOLIYATI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH — USTUVOR VAZIFA.
янв.21
SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
3-MASALA BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI
YOSHLAR BANDLIGI VA MEHNAT UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Ho‘jamushkent QFYda mahalla yoshlar yetakchisi bilan birgalikda “Yoshlar mehnat guzari”ning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Yoshlar mehnat guzari”da yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, hududning obodonlashtirilishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlarni mehnat faoliyatiga jalb etish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning kasb-hunar egallashi, o‘zini o‘zi band qilishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda yoshlarning mavjud ehtiyojlarini aniqlash, ularni munosib ish va kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda “Yoshlar mehnat guzari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida hududdagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, yoshlarni mehnatga keng jalb etish va ularning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2