Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Yoshlar ishlari agentligi Tuproqqal’a tumani bo‘limi boshlig‘i M. Alimovning 2026-yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tegishli doimiy komissiya a’zolari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tumandagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish, “Yoshlar markazi” faoliyati hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha hisobot qoniqarli deb topilib, masalani Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar bildirildi.