🎓 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ozodaxon Buzurukxodjayeva 227-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.
🌟 Deputat yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilar va ustozlarni samimiy tabriklab, ularga yangi o‘quv yilida ulkan yutuqlar va muvaffaqiyatlar tiladi.
🎁 Shuningdek, maktabning 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
✨ Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va yuksak natijalar yili bo‘lsin!